Yangiliklarga qaytish
O'yin oldi

NAVBATDAGI TUR RASMIYLARI MA'LUM

14-oktabr, 2026·1 min o'qish·1
147530 medium 1

O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan uchrashuv yaqinlashmoqda.

Farg'ona derbisi har doim o‘zgacha shiddat va murosasiz kurashlar ostida o‘tishi bilan ajralib turadi. Navbatdagi turda jamoamiz Qo‘qon shahriga safar uyushtirib, mahalliy "Qo‘qon 1912" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Muxlislar intizorlik bilan kutayotgan ushbu qiziqarli bahsni G'ayrat Joʻrayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

📋 Uchrashuv rasmiylari:

  • Bosh hakam: G'ayrat Joʻrayev
  • Yordamchi hakamlar: Shohrux A'zamov, Aziz Isoqov
  • Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
  • VAR hakami: Rustam Choriyev
  • AVAR: Adhamjon Rixsiboyev
  • Hakamlar nazoratchisi: Sultonbek Zaylabidinov
  • Uchrashuv komissari: Shohrux Said

📍 Uchrashuv tafsilotlari:

  • 🏆 Musobaqa: O‘zbekiston Superligasi | 24-tur
  • 🗓 Sana: 16-oktyabr, 2026-yil
  • ⏰ Vaqt: 19:00
  • 🗺 Joy: Qo‘qon shahri
  • 🏟 Stadion: "Markaziy" stadioni
  • ⚔️ O‘yin: "Qo‘qon 1912" — "Neftchi"

Barcha "Neftchi" ishqibozlarini jamoamizni munosib qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz!

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar