“NEFTCHI” — OSIYONING ENG KUCHLI 40 TALIGIDA!

Nufuzli Opta Power Rankings reytingining 21-noyabr holatiga ko‘ra yangilangan natijalarida Farg‘onaning “Neftchi” klubi Osiyo jamoalari orasida 39-o‘rinni egalladi.
Mazkur reytingda jamoamiz 100 ballik tizimda 75,9 ball bilan qayd etilgan. Shuningdek, “Neftchi” jahon klublari reytingida 744-o‘rinni band etib, avvalgi ko‘rsatkichiga nisbatan 18 pog‘onaga yuqoriladi.
🇺🇿 O‘zbekiston klublari orasidagi ko‘rsatkichlar:
🥇 “Neftchi” — Osiyoda 39-o‘rin (75,9 ball)
🥈 “Paxtakor” — Osiyoda 47-o‘rin (75,4 ball)
🥉 “Nasaf” — Osiyoda 69-o‘rin (73,7 ball)
🌏 Osiyoning TOP-3 klubi:
1. “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) — 86,3 ball
2. “Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni) — 84,5 ball
3. “Sanfrecce Xirosima” (Yaponiya) — 83,8 ball
Ta’kidlash joiz, “Neftchi” nafaqat O‘zbekiston klublari orasida yetakchilik qilmoqda, balki Osiyoning eng kuchli jamoalari qatoridagi mavqeini ham mustahkamlamoqda.
Manba: Opta Power Rankings, 2026-yil 21-noyabr holatiga ko‘ra.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati