JAMOAMIZ QARSHIDA MAGʻLUBIYATGA UCHRADI

JAMOAMIZ QARSHIDA MAGʻLUBIYATGA UCHRADI
Qarshidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi mezbonlarning faol hujumlari bilan boshlandi. Buning natijasida 7-daqiqada "Nasaf" futbolchilari jarima to‘pidan unumli foydalanib, o‘yinda hisobni ochishdi. Gol muallifi Umar Eshmurodov 1:0.Oradan bir daqiqa o‘tib, mezbonlar burchak to‘pini qo‘lga kiritishdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Bobir Abdiholiqov boshi bilan aniq yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi 2:0.Ketma-ket o‘tkazib yuborilgan gollardan so‘ng, "Neftchi" futbolchilari oldinga tashlanib, raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlar va zarbalarni sodir etishdi. Biroq "Nasaf" posboni ishonchli harakat qilib, bu xavfli zarbalarni qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.
Bunga javoban mezbonlarning
22-daqiqada tezkor qarshi hujumi natijasida Sharof Muhitdinov uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. 40-daqiqada "Nasaf" uchrashuvdagi to‘rtinchi golini kiritdi.Adenis Shala katta tezlikda jarima maydonchamiz ichiga yorib kirib,kuchli zarba bilan darvozamizni ishg‘ol etdi 4:0.Birinchi bo‘lim mana shu hisob bilan yakunlandi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘limda hisobni o‘zgartirish maqsadida jamoamiz hujumkorlikni sezilarli darajada oshirdi. Biroq, 53-daqiqada mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi darvozamizga beshinchi gol bilan yakunlandi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Bobir Abdiholiqov boshi bilan aniq yo‘llab, dublini nishonladi 5:0.Shunday bo‘lsa-da, yigitlarimiz tushkunlikka tushmasdan, ketma-ket xavfli hujumlar tashkil etishda davom etishdi. Nihoyat, 59-daqiqada bu harakatlar o‘z samarasini berdi. Koffi Koauaning qanotdan oshirgan uzatmasini Alisher Odilov golga aylantirib, hisobni qisqartirdi 5:1.Ushbu goldan so‘ng o‘yindagi tashabbus to‘liq biz tomonga o‘tdi. Hujumlarimiz tobora keskin tus olib, raqib jarima maydonchasida bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo "Nasaf" himoyachilari tartibli o‘ynab, xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi.Uchrashuv yakunlanishi arafasida jamoalar yana gollar bilan almashishdi.
80-daqiqada "Nasaf" navbatdagi burchak to‘pidan unumli foydalandi. Havolatib uzatilgan to‘pni Alibek Davronov boshi bilan darvozamizga joylab qo‘ydi 6:1. Shunga qaramay futbolchilarimiz oxirigacha kurash olib borishdi va zaxiradan maydonga tushgan Stipe Perisa 89-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni yana bittaga qisqartirdi 6:2. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi.
O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
4 sentyabr 20-tur
Qarshi shahar, "Markaziy" stadioni soat 19:00
"NASAF" 6:2
"NEFTCHI"
Gollar: Umar Eshmurodov, 7'(1:0), Bobir Abdiholiqov, 8'(2:0), Sharof Muxitdinov, 22'(3:0), Adenis Shala, 40'(4:0), Bobir Abdiholiqov, 53'(5:0), Alisher Odilov, 59'(5:1), Alibek Davronov, 80'(6:1), Stipe Perica, 89'(6:2)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Asker Najafaliyev
AVAR: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Shoxruh Said
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Alibayev(21.Muxsinjon Ubaydullayev,78'), 8.Vladimir Yovovich, 9.Hurshid Gʻiyosov(7.Abrorbek Ismoilov,59'), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev(22.Alisher Odilov,46'), 20.Anvarjon Gʻofurov, 32.Zoran Marushich(18.Stipe Perisa,59') 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Koaua, 77.Ratino(71.Bilolxon Toshmirzayev, 78'),
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 30.Rustambek Fomin
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
O'xshash yangiliklar
NAVBATDAGI UCHRASHUVNI ILGIZ TANTASHEV BOSHQARIB BORADI
NAVBATDAGI UCHRASHUVNI ILGIZ TANTASHEV BOSHQARIB BORADI
" NEFTCHI " - "PAXTAKOR" PREVYU
" NEFTCHI " - "PAXTAKOR" PREVYU
JAMOAMIZ YIRIK G‘ALABA BILAN KARVONBOSHILIKNI DAVOM ETTIRMOQDA
JAMOAMIZ YIRIK G‘ALABA BILAN KARVONBOSHILIKNI DAVOM ETTIRMOQDA