Yangiliklarga qaytish
Yoshlar

VAKILLARIMIZ “QO‘QON-1912” USTIDAN YIRIK G‘ALABAGA ERISHISHDI!

15-oktabr, 2026·1 min o'qish·1
084A5001

O‘zbekiston U-21 chempionati 24-turi doirasida “Neftchi” yoshlar jamoasi safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida vakillarimiz raqib darvozasiga besh bor yo‘l topib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Nurbek Sarsenbayev hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlar birinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishdi. Tanaffus arafasida Omadillo Abdubannopov jamoamizni yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Azizbek Muratov ajoyib akrobatik zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi. 80-daqiqada Azizbek Erimbetov to‘rtinchi golni kiritgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi. Yakunda vakillarimiz 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi!

O‘ZBEKISTON U-21 CHEMPIONATI
2026-yil, 24-tur
📅 15-oktabr
🏟 “Qo‘qon SM-2” maktabi stadioni
“QO‘QON-1912” — “NEFTCHI” 1:5
⚽ Gollar: 18’ — Nurbek Sarsenbayev (0:1),39’ — Abdulloh Odiljonov (1:1), 45+2’ — Omadillo Abdubannopov (1:2), 60’ — Azizbek Muratov (1:3), 80’ — Azizbek Erimbetov (1:4), 90+5’ — Azizbek Erimbetov (1:5)
Bosh hakam: Salohiddin Akramov
Yordamchi hakam 1: Axrorjon Raxmatov
Yordamchi hakam 2: Muxammad Qurbonov
Zaxira hakami: Vosidjon Erkinov
Nazoratchi: Sultonbek Zaylabidinov
Komissar: Muxammad-Sulton Fozilov

“NEFTCHI”: 16. Ibroxim Shokirov, 2. Izzatillo Po‘latov (19. Azizbek Erimbetov, 46’), 17. Azizbek Muratov, 25. Omadillo Abdubannopov (72. Xusniddinbek Akbarov, 85’), 27. Nurbek Sarsenbayev (26. Salohiddin Muhammadno‘monov, 80’), 30. Rustambek Fomin (28. Muhammadqodir Rasuljonov, 46’), 37. Javohirbek Maxmudov, 66. Hasanboy Umirzakov (76. Anvarjon Ahmadullayev, 72’), 69. Abdusattor Muhammadov, 73. Elsevarbek Olimov (47. Abdulloxon Alisherov, 85’), 97. Mirjalol Abdurahimov.

Ogohlantirishlar: 26’ – Mirjalol Abdurahimov.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar