JIZZAXDA YIRIK VA MUHIM GʻALABA

JIZZAXDA YIRIK VA MUHIM GʻALABA
Uchrashuv kutilganidek jamoamizning faolligi bilan boshlandi.Farg‘onaliklar ilk daqiqalardan to‘p nazoratini o‘z qo‘llariga olishdi. Biroq, 22-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan jizzaxliklar «Neftchi» darvozaboni Botirali Ergashevning to‘pni qaytarishda yo‘l qo‘ygan xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochishdi — 1:0.O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng farg‘onaliklar ruhan tushib qolishmadi va xavfli hujumlarni davom ettirishdi. Bu harakatlar 30-daqiqada o‘z mevasini berdi: chap qanotdan Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga uzatilgan to‘pni u boshi bilan raqib darvozasiga joylab, muvozanatni tikladi — 1:1.
Shundan keyin ham bosimni kuchaytirgan «Neftchi» 33-daqiqadayoq ikkinchi golni urdi. Xurshid Gʻiyosov chiroyli zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi — 1:2. Farg‘onaliklarning shiddatli hujumlari to‘xtamadi va 36-daqiqada sahnaga Stipe Perisa chiqdi. Jarima maydonchasi ichiga havolatib uzatilgan to‘pga baland sakragan Stipe boshi bilan raqib darvozasini uchinchi bor ishg‘ol etdi — 1:3.
Birinchi bo‘lim yakunida «Neftchi»da hisobni yanada yiriklashtirish uchun bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo zarbalarga aniqlik yetishmagani bois, jamoalar shu hisobda tanaffusga yo‘l olishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham to‘liq farg‘onaliklarning ustunligida o‘tdi. Ketma-ket tashkil etilgan shiddatli hujumlarning navbatdagisi 55-daqiqada burchak to‘pi tepish huquqi bilan yakunlandi. Uzatilgan to‘pni jamoa sardori Anvarjon Gʻofurov boshi bilan raqib darvozasiga aniq joylab, hisobni 1:4 ko‘rinishiga keltirdi.
Shundan so‘ng ham «Neftchi» futbolchilari hujumkorlikni susaytirishmadi. Navbatdagi gol esa 81-daqiqada sodir bo‘ldi: Jamshid Iskanderov bir necha himoyachilarni mahorat bilan aldab o‘tib, kuchli va aniq zarba evaziga hisobni yiriklashtirdi — 1:5.
Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, farg‘onaliklar safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalidagi o‘z o‘rinlarini yanada mustahkamlab oldilar.
SUPERLIGA CHEMPIONATI
21 iyul 13-tur
Zomin shahar,"Zomin" stadioni soat 20:00
"SO‘GʻDIYONA" 1:5
"NEFTCHI"
Gollar: Petar Michin, 22'(1:0), Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 30'(1:1), Hurshid Gʻiyosov, 33'(1:2), Stipe Perisa, 36'(1:3), Anvarjon Gʻofurov, 55'(1:4), Jamshid Iskanderov, 81'(1:5)
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Yordamchi hakamlar: Islomjon Nosirov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Ma’murjon Ilxamov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Marat Ismailov
Komissar: Shohruh Said
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikromjon Alibayev(8.Vladimir Yovovich,61), 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 9.Hurshid Gʻiyosov(22.AlisherOdilov,61), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumayev(77.Ratino, 61), 18.Stipe Perisa(32.Zoran Marushich,73), 20.Anvarjon Gʻofurov, 22.Muxsinjon Ubaydullayev, 23.Yovan Jokich(30.Rustambek Fomin,83)
Zaxirada: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 17.Azizbek Murotov, 27.Nurbek Sarsenbayev
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
O'xshash yangiliklar
MAG‘LUBIYAT, LEKIN MUHIM TAJRIBA
MAG‘LUBIYAT, LEKIN MUHIM TAJRIBA
NAZORAT UCHRASHUVIDA "YAYPAN" MAGʻLUB ETILDI
Fargʻona derbisida gʻalaba qozondik
ICHKI DERBIDA TAJRIBA O‘Z SO‘ZINI AYTDI
ICHKI DERBIDA TAJRIBA O‘Z SO‘ZINI AYTDI