"Istiqlol" stadioni OFK Elit Chempionlar ligasiga tayyorlanmoqda

"Istiqlol" stadioni OFK Elit Chempionlar ligasiga tayyorlanmoqda
Farg‘onada Osiyo Elit Chempionlar ligasi musobaqalariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari davom etdi. OFK komissari Kemel Tokabayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari «Istiqlol» stadionida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Stadionda o‘tkazilgan ishchi uchrashuvda (mitingda) viloyat va shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlari, sog‘liqni saqlash va elektr ta’minoti idoralari,viloyat futbol assosiatsiyasi hamda «Neftchi» klubi rahbarlari ishtirok etdi. OFK komissari xalqaro standartlarga javob beradigan tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Kunning kechki vaqtida delegatsiya stadionning yoritish (lyuks) tizimi va uzluksiz elektr ta’minotini bevosita ko‘zdan kechirdi. Unda sifatli TV-translyasiya uchun projektorlar quvvati va favqulodda holatlar uchun zaxira generatorlarining tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" jamoasi ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi uchun stadion infratuzilmasi OFK talablariga to‘liq moslashtirilmoqda.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati





O'xshash yangiliklar
ISTEʼDODLI YOSHLARIMIZ U-20 TERMA JAMOASIGA JALB ETILDI
ISTEʼDODLI YOSHLARIMIZ U-20 TERMA JAMOASIGA JALB ETILDI
Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi
Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi
SAFIMIZDA JIDDIY YO‘QOTISHLAR!
SAFIMIZDA JIDDIY YO‘QOTISHLAR!