Alisher Odilov — Superligadagi 100-o‘yin!
22-iyul, 2026·1 min o'qish·2

Alisher Odilov — Superligadagi 100-o‘yin!
“So‘g‘diyona”ga qarshi bahs hujumchimiz Alisher Odilov uchun O‘zbekiston Superligasidagi yubiley — 100-uchrashuv bo‘ldi.
Odilov ushbu 100 o‘yinni “Olimpik”, “Navbahor” va “Neftchi” safida o‘tkazgan. Statistikaga nazar tashlasak:
🏟100 ta o‘yin
✅48 ta g‘alaba
🤝26 ta durang
❌26 ta mag‘lubiyat
⚽️Ushbu uchrashuvlarda Alisher raqiblar darvozasiga 29 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etish joiz, Odilov gol urgan uchrashuvlarning:
25 tasi g‘alaba bilan,
2 tasi durang bilan,
atigi 2 tasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan.
Alisher Odilovni Superligadagi 100-o‘yini bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada ko‘plab gollar hamda yorqin g‘alabalar tilaymiz!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati