Yangiliklarga qaytish
Press reliz

RAQIBIMIZ — "AL-HILOL"

23-noyabr, 2026·3 min o'qish·366
RAQIBIMIZ — "AL-HILOL"

“Al-Hilol” klubi Saudiya Arabistoni va butun Osiyo futbolining eng tarixiy hamda sovrindor klublaridan biridir.

To‘liq nomi: Al-Hilal Saudi Football Club
Tashkil topgan yil: 1957-yil 16-oktabr
Shahar: Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Laqabi: “Al-Zaeem” (“Yetakchi/Boshliq”), “Al-Mawj Al-Azraq” (“Ko‘k to‘lqinlar”)
Stadion: Kingdom Arena
Sig‘imi: 30 000 tomoshabin
Musobaqa: Saudi Pro League / AFC Champions League Elite
Bosh murabbiy: Simone Inzagi

“Al-Hilol” — Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri vakili va mamlakatdagi eng sovrindor futbol klubi hisoblanadi. Klub 1957-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kungacha Osiyo futbolining mutlaq yetakchisi va eng yirik grandlaridan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda

TARIXI VA YUTUQLARI

“Al-Hilol” Saudiya Pro Ligasi (SPL) chempionligini rekord darajada — 21 marotaba qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, klub Saudiya Qiroli kubogida 10 marta, Valiahd shahzoda kubogida 13 marta va Saudiya Superkubogida 5 bor g‘olib bo‘lgan. Klubning xalqaro maydondagi eng katta muvaffaqiyati — AFC Champions League turniridagi rekord darajadagi 4 ta chempionlikdir (1991, 2000, 2019 va 2021-yillar). Ular Osiyoda ushbu nufuzli turnirni eng ko‘p yutgan jamoa hisoblanadi. Shuningdek, jamoa o‘z tarixida FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalgacha yetib borib, kumush medallarga ega chiqqan.

2026/27-YILGI MAVSUM

“Al-Hilol” mahalliy chempionat va Osiyo Elitasida jiddiy kurash olib bormoqda. Saudiya Pro Ligasida Simone Inzagi jamoasi peshqadamlik qilmoqda (oxirgi turda “Al-Fateh” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonildi).
Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasi (West region) guruh bosqichida esa dastlabki 4 ta turda 3 ta g‘alaba (“Al-Garafa” 2:1, “Al-Sadd” 2:0, “Shabab Al-Ahli” 2:0) va 1 ta mag‘lubiyat (“Esh-Shamal” 1:3) qayd etgan holda Farg‘onaga yetib keldi.

JAMOANING 2026/27-YILGI TARKIBI

Darvozabonlar
Yassin Bunu (Marokash terma jamoasi a’zosi)
Mohammed Al-Ovays
Mohammed Al-Yami
Mohammed Al-Rubaye
Rayan Al-Dossari

Himoyachilar
Teo Ernandes (Fransiya terma jamoasi yulduzi)
Kalidu Kulibali (Senegal terma jamoasi sardori)
Yusuf Akchichek (Turkiyalik iqtidorli markaziy himoyachi)
Hassan Al-Tambakti
Moteb Al-Harbi
Hamad Al-Yami
Ali Alavjami
Meshal Al-Davud
Mohammed Al-Sarnux
Mohammed Mahzari

Yarim himoyachilar
Sergey Milinkovich-Savich (Serbiyalik afsonaviy yarim himoyachi)
Ruben Nevesh (Portugaliya terma jamoasi yetakchisi)
Mohamed Kanno
Nasser Al-Davsari
Saimon Buabre (Fransiyalik yosh yulduz)
Murad Havsavi
Sabri Dahal
Suhayb Al-Zayd
Abdullah Al-Anazi

Hujumchilar
Gabriel Martinelli (Braziliya terma jamoasi vingeri)
Olli Uotkins (Angliya terma jamoasi to‘purari)
Krisensio Sammervill (Niderlandiyalik tezkor vinger)
Salem Al-Davsari (Jamoa sardori, Saudiya Arabistoni yulduzi)
Mohamed Kader Meyte (Fransiyalik yosh hujumchi)
Sultan Mandash
Navaf Al-Habashi

Jamoa tarkibida mahalliy Saudiya yulduzlari va Yevropaning top-klublaridan kelgan jahon yulduzlari jamlangan bo‘lib, bu klubning transfer bozoridagi ulkan moliyaviy va xalqaro kuchini ko‘rsatadi

E’TIBORGA MOLIK FUTBOLCHILAR

Olli Uotkins — jamoaning asosiy hujumchisi, oxirgi uchrashuvlarda (“Shabab Al-Ahli”ga qarshi dubl, “Al-Fateh”ga qarshi gol) muhim gollar urib, yuqori sport formasida ekanini ko‘rsatmoqda.

Gabriel Martinelli — “Arsenal”dan kelib qo‘shilgan braziliyalik tezkor vinger, qanotdan uyushtiriladigan keskin hujumlari bilan xavfli.
Sergey Milinkovich-Savich — jamoaning hujumlarini tashkil etuvchi asosiy "miyalaridan" biri, Ar-Riyod klubining maydon markazidagi ijodkori.

Ruben Nevesh — tajribali yarim himoyachi, uzoq masofadan yo‘llaydigan kuchli zarbalari va standart vaziyatlarni aniq ijro etishi bilan ajralib turadi.

Yassin Bunu — jamoaning asosiy darvozabonlaridan biri, Marokash terma jamoasi bilan jahon chempionatida porlagan mustahkam qo‘rg‘on.

QISQA FAKTLAR

1957 — klub tashkil topgan yil
21 — Saudiya Arabistoni chempionligi (rekord)
10 — Saudiya Qiroli kubogi sohibi
4 — AFC Champions League (OChL) chempionligi (rekord)
Ar-Riyod — klub joylashgan shahar
“Ko‘k to‘lqinlar” / “Zaeem” — jamoaning mashhur laqablari.

“Al-Hilol” o‘zining boy tarixi, Saudiya futboli rivojiga qo‘shgan hissasi va Osiyo chempionligidagi zafarlari bilan ertangi o‘yinda “Neftchi” uchun juda jiddiy imtihon bo‘lishi aniq

Ulashish

O'xshash yangiliklar