"FARG‘ONA CAP-2026" TURNIRI START OLDI

"Farg‘ona CAP-2026" turniri start oldi: "Neftchi" akademiyasi jamoalari musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
"Neftchi" akademiyasi jamoalari musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
Farg‘ona shahrida yosh futbolchilar o‘rtasidagi nufuzli "Farg‘ona CAP-2026" turniriga rasman start berildi. Mazkur musobaqa yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning mahoratini oshirish yo‘lida muhim ahamiyatga ega.
Ilk kungi bahslar kutilganidek o‘ta shiddatli, keskin kurashlar va hayajonli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Ayni daqiqalarga kelib, musobaqa dasturidan o‘rin olgan dastlabki to‘rt uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. E’tiborlisi, "Neftchi" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari turnirdagi o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshlab olishdi. Klubning U-11 va U-12 jamoalari raqiblari ustidan ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritib, muxlislarini xushnud etdi.
Qayd etilgan rasmiy natijalar:
"Turon"FC U-11 2:5 "Do‘stlik"FC U-11
"Buvayda"FC U-12 5:4 "Quvasoy"SM
"Neftchi"FA U-12 9:1 "Qo‘shtepa"SM
"Neftchi"FA U-11 4:0 "Yozyovon"SM
"Neftchi" PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar
YOSHLAR JAMOAMIZ BUXORODA MUHIM G‘ALABANI QO‘LGA KIRITDI
YOSHLAR JAMOAMIZ BUXORODA MUHIM G‘ALABANI QO‘LGA KIRITDI
KICHIK VODIY DERBISIDA YOSHLARIMIZDAN YIRIK G‘ALABA!
KICHIK VODIY DERBISIDA YOSHLARIMIZDAN YIRIK G‘ALABA!
YOSHLARIMIZ SAMARQANDDA YIRIK G‘ALABAGA ERISHDI
YOSHLARIMIZ SAMARQANDDA YIRIK G‘ALABAGA ERISHDI