JAMOAMIZDAN IRODALI G‘ALABA!

JAMOAMIZDAN IRODALI G‘ALABA!
Uchrashuvining birinchi bo‘limi keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Bellashuvning 3-daqiqasida hujumchimiz Alisher Odilovda gol urish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi, lekin zarba noaniq ketdi. 8-daqiqada esa mehmonlar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Yovan Jokich to‘pni boshi bilan qaytarishda xatoga yo‘l qo‘yib, qo‘li bilan o‘ynadi. «Buxoro» sardori Xurshid Muxtorov nuqtadan adashmadi va hisobni ochdi — 0:1. Shundan so‘ng vakillarimiz katta bosim o‘tkazgan bo‘lsa-da, bo‘lim yakuniga qadar raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi to‘liq «Neftchi» futbolchilarining nazorati va katta ustunligi ostida kechdi. Vakillarimiz raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirib, bosimni tinimsiz oshirib borishdi. Biroq, muxlislar intiqlik bilan kutgan gol o‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda sodir bo‘ldi. Bahsning 81-daqiqasida Stipe Perisa qulay imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib posboniga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va kuchli hamda aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi — 1:1.
Goldan ruhlangan yigitlarimiz hujumkorlikni yanada kuchaytirishdi va raqibni butunlay o‘z jarima maydonchasiga qamab qo‘yishdi. Bunday tinimsiz bosim tez orada o‘z mevasini berdi: 87-daqiqada mahoratli yarim himoyachimiz Jamshid Iskanderov raqib mudofaasidagi bo‘shliqdan foydalanib, jamoamizning ikkinchi to‘pini kiritdi va stadionni larzaga keltirdi — 2:1! Qaltis vaziyatda iroda ko‘rsatgan futbolchilarimiz ushbu g‘alabali hisobni o‘yin yakuniga qadar saqlab qolishdi. Bu qimmatli uch ochko jamoamizning turnir jadvalidagi yetakchilik o‘rnini yanada mustahkamladi
SUPERLIGA
16 iyul 12-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni soat 20:00
"NEFTCHI" 2:1
"BUXORO"
Gollar: Hurshid Muxtorov, 8' pen(0:1), Stipe Perica, 81'(1:1), Jamshid Iskanderov, 87'(2:1)
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev
VAR: Asker Najafaliyev
AVAR: Xusan Hudoyberdiyev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jalolxon Inoo‘omxo‘jayev
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po‘latov(34.Farrux Sayfiyev,46), 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich(9.Hurshid G‘iyosov,66), 21.Muhsinjon Ubaydullayev(77.Ratinyo,46), 22.Alisher Odilov(10.Jamshid Iskanderov,46), 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich(18.Stipe Perica, 74),
Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 11.Asilbek Jumayev, 20.Anvarjon Gʻofurov, 27.Nurbek Sarsenbayev, 30.Rustambek Fomin
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
O'xshash yangiliklar
JAMOAMIZ BUXORODA MAG‘LUBIYATGA UCHRADI
JAMOAMIZ BUXORODA MAG‘LUBIYATGA UCHRADI
VODIY DERBISIDA YIRIK VA MUHIM GʻALABA!
VODIY DERBISIDA YIRIK VA MUHIM GʻALABA!
QIZILQUM USTIDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!
JAMOAMIZDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!