MEHR-MURUVVAT VA E’TIROF

MEHR-MURUVVAT VA E’TIROF
Farg‘onaning "Neftchi" futbol klubi nafaqat yashil maydonda, balki undan tashqarida ham o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini chuqur his etgan holda ezgu tashabbuslarini davom ettirmoqda. Bugun jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilari Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan "Gʻamxo‘rlik" markaziga tashrif buyurishdi.
Klub a’zolari markaz tarbiyalanuvchilari hamda ularga mashaqqatli ta’lim-tarbiya berib kelayotgan fidokor ustozlarning holidan xabar oldilar. Bolajonlar bilan yaqindan suhbatlashib, uchrashuv davomida jamoamiz tomonidan ularga esdalik sovg‘alari va shirinliklar topshirildi. Zero, jamoamizning eng katta kuchi — mana shunday samimiy insonlarning duosi va xalqimiz bilan birdamligidadir!
Tashrif galereyasi ushbu yerda
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
“Al-Nassr” – “Neftchi" uchrashuvidan oldin tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
«AL NASSR» — «NEFTCHI»: UCHRASHUV RASMIYLARI TAYINLANDI
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari, xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Farhod Abdullaev bilan uchrashuv
«Neftchi» qarorgohida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari, xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Farhod Abdullaev bilan uchrashuv o‘tkazildi