"NEFTChI" FARGʻONAGA QAYTDI
25-mart, 2023·1 min o'qish·4

Avval xabar berganimizdek, Superliganing "Soʻgʻdiyona"ga qarshi bellashuvidan soʻng jamoamiz aʼzolari 4-tur bahsiga tayyorgarlikni Toshkentda olib bordilar va bitta oʻrtoqlik-nazorat oʻyinida ishtirok etdilar. Bugun jamoamiz vakillari Fargʻonaga qaytib, tayyorgarlik jarayonini davom ettirishga kirishdilar. Fargʻona tumanining "Yoshlarobod" stadionida mashgʻulotlarni boshladi Ushbu mashgʻulotlar jarayonidan tasvirga tushirilgan videolavhani havola etamiz.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati