"NEFTCHI" - "LOKOMOTIV" PREVYU

Bugun O‘zbekiston kubogining 1/4 final bahsida sevimli "Neftchi" jamoamiz Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi.
STATISTIK MAʼLUMOT:
O‘zbekiston kubogi musobaqasi tarixida "Neftchi" va "Lokomotiv" jamoalari o‘zaro 4 marta to‘qnashgan bo‘lib, ularda yaqqol ustunlik farg‘onaliklar tomonida. "Neftchi" 3 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Lokomotiv" 1 ta uchrashuvda zafar quchgan.
O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Neftchi" hamda "Lokomotiv" o‘rtasida kechgan barcha uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:
09.07.2012.
"Neftchi"-"Lokomotiv" 3:2
05.07.2012.
"Lokomotiv"-"Neftchi" 2:1
29.06.2004.
"Neftchi"-"Lokomotiv" 3:2
01.06.2004.
"Lokomotiv"-"Neftchi" 1:3
Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" stadionida kechadigan shiddatli bahsni Rustam Choriyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.
OLG‘A "NEFTCHI", OLG‘A FARG‘ONA!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
O‘ZBEKISTON KUBOGI 1/4 FINAL RAQIBIMIZ LOKOMOTIV
O‘ZBEKISTON KUBOGI 1/4 FINAL RAQIBIMIZ LOKOMOTIV
SHIDDATLI VA MUROSASIZ KECHGAN BAHSDA JAMOAMIZ CHIROYLI VA MUHIM GʻALABAGA ERISHDI
SHIDDATLI VA MUROSASIZ KECHGAN BAHSDA JAMOAMIZ CHIROYLI VA MUHIM GʻALABAGA ERISHDI