«NEFTCHI»NING 4 FUTBOLCHISI TERMA JAMOALARGA CHAQIRILDI

FIFA kunlari munosabati bilan «Neftchi»ning 4 nafar yosh va iqtidorli futbolchisi turli terma jamoalar yig‘inlariga jalb etildi.
FIFA kunlari munosabati bilan «Neftchi»ning 4 nafar yosh va iqtidorli futbolchisi turli terma jamoalar yig‘inlariga jalb etildi.
Nurbek Sarsenbayev. Muhammadqodir Rasuljonov va Ibrohim Shokirov — O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safiga chaqirildi. Ular 25-sentyabrdan 7-oktyabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini hamda Mirabror Usmonov xotira turnirida ishtirok etishadi.
Azizbek Muratov esa Tojikiston U-23 terma jamoasidan chaqiruv oldi. Yosh hujumchi 25-sentyabrdan 8-oktyabrgacha Ummon Sultonligida o‘tkaziladigan yig‘inda ishtirok etadi.
“Neftchi” oilasi vakillarimizga terma jamoalar safida muvaffaqiyat va omad tilaydi!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
“Al-Nassr” – “Neftchi" uchrashuvidan oldin tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
«AL NASSR» — «NEFTCHI»: UCHRASHUV RASMIYLARI TAYINLANDI
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari, xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Farhod Abdullaev bilan uchrashuv
«Neftchi» qarorgohida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari, xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Farhod Abdullaev bilan uchrashuv o‘tkazildi