ShARTNOMALAR MUDDATI UZAYTIRILDI!
24-dekabr, 2023·1 min o'qish·9

"Neftchi"da yangi jamoani shakllantirish ishlari davom etmoqda. Bugun shu yerda jismoniy tarbiya boʻyicha murabbiy boʻlib ishlayotgan Anvarjon Norqulov, darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdievlar oʻz faoliyatini 2024 yilda ham "Neftchi"da davom ettirishga qaror qilganligini aytib, shartnomaga imzo chekdilar. Ularga yangi mavsumda kuch-quvvat, omad va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati