TOSHKENTDA MUHIM G‘ALABA VA YAKKA PESHQADAMLIK

TOSHKENTDA MUHIM G‘ALABA VA YAKKA PESHQADAMLIK
Toshkentdagi uchrashuvning birinchi bo‘limini jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashdi va asosiy e’tiborni to‘p nazoratiga qaratishdi. 9-daqiqadayoq Zoran Marushichda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat paydo bo‘lgandi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Oradan bir daqiqa o‘tib, tezkor qarshi hujumga o‘tgan temiryo‘lchilar vakili Bilol Tupliyev darvozabonimiz bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning xavfli zarbasini Botirali Ergashev yuksak mahorat ko‘rsatib, qaytarishga erishdi.
Ushbu vaziyatdan so‘ng tashabbus va to‘p nazorati asta-sekinlik bilan vakillarimiz tomoniga o‘tdi. Farg‘onaliklar ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratib, hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Ammo mezbonlar posboni Aleksey Kozlov bir nechta vaziyatda ishonchli harakat qilib, jamoasini goldan qutqarib qoldi va darvozasi daxlsizligini saqladi. Shu tariqa, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi — 0:0.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi kutilganidek jamoamizning to‘liq ustunligida o‘tdi. Katta kuch va bosim bilan harakat qilgan futbolchilarimizning urinishlari 62-daqiqada o‘z samarasini berdi. Tezkor hujumda raqib himoyachisining qo‘pol xatosidan unumli foydalangan Zoran Marushich kuchli va aniq zarba bilan darvozani chiroyli tarzda ishg‘ol etib, hisobni ochdi — 0:1.
Shundan so‘ng ham jamoamiz hujumkorlikni susaytirmadi, aksincha, yanada faolroq o‘ynay boshladi. Lekin yaratilgan ko‘plab qulay vaziyatlarda yigitlarimizga biroz aniqlik yetishmadi. Bo‘lim oxirida toshkentliklar hisobni tenglashtirishga harakat qilishgan bo‘lsa-da, himoya qo‘rg‘onimiz tartibli o‘yin namoyish etib, barcha xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi. Yakunda g‘alabali natijani saqlab qolgan jamoamiz muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida yana yakka peshqadamga aylandi.
O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
20 sentyabr 22-tur
Toshkent shahar, "Lokomotiv" stadioni soat 19:30
"LOKOMOTIV" 0:1
"NEFTCHI"
Gollar: Zoran Marushich, 62'(0:1)
Bosh hakam: Asker Nadjafaliyev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Avazbek Abdullayev
Zaxira hakami: Javohir Sadaqulov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Alisher Raximkulov
Nazoratchi: Babur Xaydarov
Komissar: Abdulvosidxon Valixonov
"Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 5.Ikromjon Alibayev, 7.Abrorbek Ismoilov(9.XurshidG‘iyosov,69'), 10.Jamshid Iskanderov(30.Rustambek Fomin,90'), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Alisher Odilov(18.Stipe Perica,69'), 32.Zoran Marushich(71.Bilolxon Toshmirzayev,69'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo( 21.Muxsinjon Ubaydullayev,81')
Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 17.Azizbek Muratov, 19.Azizbek Erimbetov, 27.Nurbek Sarsenbayev
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
"NEFTCHI" DAN OCHL ELITDA TARIXIY VA SHONLI GʻALABA!
"NEFTCHI"DAN OCHL ELITDA TARIXIY VA SHONLI GʻALABA!
SURXON USTIDAN MUHIM G‘ALABA!
JAMOAMIZDAN MUHIM G‘ALABA!
“NEFTCHI” — "SURXON" PREVYU
“NEFTCHI” — "SURXON" PREVYU