SHIDDATLI O‘YINDA POYTAXTLIKLAR KEYINGI BOSQICHGA YO‘L OLISHDI

Uchrashuv mehmonlarning ketma-ket xavfli hujumlari bilan boshlandi. Ularning ilk daqiqalardanoq namoyish etgan faolligi tez orada o‘z samarasini berdi. 11-daqiqada jarima maydonchamiz ichida to‘p bilan harakatlanayotgan mehmonlar vakiliga nisbatan qoida buzildi. Bosh hakam VAR orqali takroriy lavhani shaxsan ko‘rib chiqqach, darvozamiz tomon 11 metrli jarima to‘pini belgiladi. Penaltini Jasurbek Yaxshiboyev aniq amalga oshirib, o‘yindagi hisobni ochdi — 0:1.Shundan so‘ng futbolchilarimiz hujumkorlikni oshirib, bir qator xavfli zarbalarni amalga oshirishdi. Lekin 23-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan mehmonlar darvozamizga ikkinchi to‘pni kiritishga muvaffaq bo‘lishdi — bu vaziyatda kuchli zarba yo‘llagan Bilol Tupliyev gol muallifiga aylandi (0:2). O‘tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so‘ng vakillarimiz yana oldinga tashlanib, bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo 33-daqiqada mehmonlarning navbatdagi qarshi hujumi uchinchi gol bilan yakunlandi — gol muallifi yana Jasurbek Yaxshiboyev (0:3).
Uchinchi goldan so‘ng ham jamoamiz vakillari baribir bo‘sh kelishmadi va 36-daqiqada chiroyli kombinatsiya orqali Xurshid Gʻiyosovning goli bilan hisobni qisqartirishdi — 1:3. Shundan so‘ng katta kuch bilan muvozanatni tiklashga harakat qilgan vakillarimiz qarshi hujumda to‘rtinchi bor o‘z darvozalaridan to‘pni o‘tkazib yubordilar. Bu vaziyatda o‘ng qanotdan jarima maydonchamiz ichiga kirib kelgan Diyor Turopov darvozani aniq nishonga oldi — 1:4. Bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa vakillarimiz Abrorbek Ismoilovning goli evaziga hisobni yana qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi — 2:4. Jamoalar aynan shu hisob bilan tanaffusga yo‘l olishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida mezbonlar tarkibida hujumkorlikni oshirish maqsadida ketma-ket almashtirishlar amalga oshirildi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, maydonga Zoran Marushich, Alisher Odilov hamda Farruh Sayfiyevlar tushirildi.Ushbu o‘zgarishlar o‘yinga sezilarli darajada jonlanish berdi. Vakillarimiz tez-tez hujum uyushtirib, raqib jarima maydonchasi ichida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq kombinatsiyalarni yakunlashda va raqib himoyasini yorib o‘tishda aniqlik yetishmadi.Vaziyatlarni gollarga aylantirish yo‘lidagi barcha urinishlar samarasiz yakunlandi va o‘yinning ikkinchi bo‘limida darvozalarga gol urilmadi.Shu tariqa, uchrashuvda 2:4 hisobida g‘alaba qozongan poytaxtliklar turnirning keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar
O‘ZBEKISTON KUBOGI 1/4 FINAL
20-oktyabr soar 19:00
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni
"NEFTCHI" 2:4
"LOKOMOTIV"
Gollar: Jasurbek Yahshiboyev, 11' pen (0:1), Bilol Tupliyev, 23'(0:2), Jasurbek Yahshiboyev, 33'(0:3), Xurshid G‘iyosov, 36'(1:3), Diyorjon Turopov, 43'(1:4), Abrorbek Ismoilov, 45+3'(2:4)
Bosh hakam: Rustam Choriyev
Yordamchi hakamlar: Shohrux Maqsudov, Husan Xudoyberdiyev
Zaxira hakami: Umidjon Rahinjonov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jayev
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Tsiger, 5.Ikrom Aliboyev(8.Vladimir Yovovich,75'), 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev(34.Farrux Sayfiyev,46'), 7.Abrorbek Ismoilov(11.Asilbek Jumayev,67'), 9.Xurshid G‘iyosov(22.Alisher Odilov,46'), 10.Jamshid Iskanderov, 18.Stipe Perica(32.Zoran Marushich,46'), 20.Anvarjon G‘ofurov, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo
Zaxirada: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 71.Bilolxon Toshmirzayev
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
"NEFTCHI" - "LOKOMOTIV" PREVYU
O‘ZBEKISTON KUBOGI 1/4 FINAL RAQIBIMIZ LOKOMOTIV
O‘ZBEKISTON KUBOGI 1/4 FINAL RAQIBIMIZ LOKOMOTIV
SHIDDATLI VA MUROSASIZ KECHGAN BAHSDA JAMOAMIZ CHIROYLI VA MUHIM GʻALABAGA ERISHDI
SHIDDATLI VA MUROSASIZ KECHGAN BAHSDA JAMOAMIZ CHIROYLI VA MUHIM GʻALABAGA ERISHDI